Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston IIV rahbarlari 19 yildan keyin ilk bor uchrashdilar
O‘zbekiston va Tojikiston ichki ishlar vazirlari – general-mayor Abdusalom Azizov va militsiya general-leytenanti Ramazon Rahimzoda MDH mamlakatlari Ichki ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi doirasida uchrashdilar. Bu haqda Kommersant.uz Tojikiston IIV matbuot xizmatiga asosan xabar berdi.
Uchrashuv davomida tomonlar transmilliy uyushgan jinoyatchilikka, terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Oxirgi marta O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish idorasi rahbari Tojikistonga 19 yil oldin kelgandi: o‘sha paytdagi ichki ishlar vaziri Zokirjon Almatov Dushanbega tashrif buyurgandi, deb yodga oladi Asia-Plus.
Dushanbeda MDHga a'zo davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Vazirlar jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha davlatlararo dasturlarning amalga oshishini, 2019–2023 yillarda jinoyatga qarshi kurashga oid davlatlararo qo‘shma dasturlar loyihasini, shuningdek, ommaviy tadbirlar vaqtida jamoat tartibini va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash yuzasidan MDH Ichki ishlar vazirlari kengashi avvalda qabul qilgan qarorlar ijrosini muhokama qildilar.
Mavzuga oid
18:03
“OAVda boshqacha aylanib ketgani uchun jarayon to‘xtab qolgan” – qurilishda korrupsiya haqida gapirgan tadbirkor ustidan IIVga yozilgani haqida
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
08:00 / 01.03.2026
Zaharlangan bolalar va bezori “yosh boyvachchalar” - hafta dayjesti
17:52 / 28.02.2026