11:15 / 01.07.2017
5374

Iqtisodiyot universitetida AQShning nufuzli universiteti bilan seminar-trening o‘tkazildi

Joriy yilning 27-30 iyun kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiti  va AQShning Vayoming universiteti  o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari doirasida   “Aktiv va interfaol talimni rivojlantirish tizimi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-treningni Vayoming universiteti  professori Janel Siley hamda universitet doktarant-tadqiqotchisi Dilnoza Hosilova olib bordilar. Ushbu xalqaro universitetlararo seminar-treningda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetitining 40 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. 

Seminarning birinchi kunida professor Janel Siley aktiv va interfaol ta'lim texnologiyalari, kurs va baholash topshiriqlarini tuzish, moslashtirilgan auditoriyalarda dars jarayonlarini tashkil etish, ya'ni ma'ruzani uy vazifa tarzida talabalarga berish va interfaol ta'limning o‘quv xonasidagi amaliy natijalari haqida kichik va yirik guruhlarda talabalarni muhokamaga qanday jalb qilish va ushbu jarayonda qanday samarali savollar tayyorlash xususida trening tashkil etildi.

Seminar-treningning navbatdagi keyingi kunlarida esa, yana bir qator muhim masalalar jumladan, aktiv taqdimot va topshiriqlar yozish, tanqidiy fikrlashni topshiriqlarda qo‘llay olish, guruxlarda talabalarni faol ishtirokini ta'minlash, talabalar bilimini baholash jarayonlarida ham turli interfaol o‘yinlarni tadbiq etish yuzasidan treninglar o‘tkazildi.

Har bir qatnashuvchi ham o‘z g‘oyalari bilan aktiv va interfaol ta'limni darsda qanday tadbiq etishlari borasida o‘zaro fikrlar almashilindi. Trening natijasida professor-o‘qituvchilar Vayoming universiteti professor-o‘qituvchilari bilan onlayn tizimda o‘zaro hamkorlik ishlarini yanada samarali tashkil etish xususida ham kelishib olindi.

TDIU xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i N.Zufarova seminar-trening a'lo darajada o‘tkazilganligini va bu jarayon muntazam  davom etilishini ta'kidladi. Seminar-trening yakunida ishtirokchilar xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Top