Joriy yilning 28 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xalqaro bitimga qo‘shilish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Dushanbe shahrida 2011 yilning 3 sentabr kuni imzolangan 1941-1945 yillarda Ikkinchi jahon urushida MDH ishtirokchi davlatlari xalqlarining jasorat va qahramonligini abadiylashtirish to‘g‘risidagi kelishuvga qo‘shilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ushbu xalqaro bitimni amalga oshirish uchun mas'ul vakolatli organ sifatida belgilandi.