12:11 / 01.07.2017
7049

«Red Bull» ikki jamoasi bir-biriga o‘xshab qolmaslikning yo‘lini topishdi

«Red Bull Zaltsburg» Yevropa chempionlar ligasidagi ishtirokidan oldin, klub emblemasini o‘zgartirdi.

Bunga turnirda ishtirok etadigan yana bir jamoa — Germaniyaning «RB Leyptsig» klubi bilan jamoaning homiylari bir xil bo‘lgani sabab, ularning emblemasi ham juda o‘xshash bo‘lgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Ularda 2 qizil buqa futbol to‘piga ikki tomondan zarba berayotgani tasvirlangandi.

Endilikda «Red Bull Zaltsburg» logotipida faqatgina bitta qizil buqa to‘pga boshi bilan zarba berayotganini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat muqaddam UYeFA Avstriya va Germaniya jamoalariga egalik qiluvchi konsern bitta ekani sabab bu borada surishtiruv olib borgan, biroq yakunda ikkala jamoaning ham YeChLda ishtirok etishiga ruxsat berilgandi.

Top