00:35 / 01.07.2017
28664

Ronaldu «Real» rahbariyatiga o‘z qarorini aytdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu matbuotda chop etilgan klubni tark etishi haqidagi gaplarni inkor etdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Portugaliya terma jamoasi futbolchisi «Qirollik klubi» rahbarlari bilan uchrashuv chog‘ida ham bu haqida gapirgan va barcha mish-mishlarni rad etgan. Shu bilan birga futbolchi, soliqlar bilan bog‘liq jinoyatlarda uni ham ayblashayotganidan o‘zini haqorat qilingandek his qilayotganini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu 14,7 mln. yevro miqdoridagi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanib sudga chaqirilgandi. Ronaldu bundan norozi bo‘lgan va o‘zini jinoyatchiga chiqarishayotganidan noligandi.

Kelgusi haftada Ronaldu «qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peres bilan uchrashishi kerak.

Top