Yoşlar hayoti, öy-keçinmalari, orzu-niyatlari, eng muhimi, ularni qiynayotgan masalalar, afsuski, radio va televideniye, gazeta va jurnallarda öz ifodasini töliq topmayapti. Davlatimiz rahbari "Kamolot" IV qurultoyida şunday fikr bildirdi.
"Göyoki hamma narsa joyida, olam guliston. Agar hammasi joyida bölsa, töğri yöldan adaşgan yoşlar, jinoyatçilik, işsizlik qayerdan paydo bölyapti? Nega yoşlarga oid davlat siyosatiga loqayd munosabatda bölayotgan amaldorlar haqida ommaviy axborot vositalari, avvalo, yoşlar matbuoti çurq etmaydi?
Masalan, “Kamolot” radiosini, “Kamolot”ning Internet saytini oladigan bölsak, ularda ötkazilgan yuzaki tadbirlar, yengil-yelpi qöşiqlar, özini özi maqtaş, çiroyli qiyofalardan boşqa narsani deyarli körmaymiz.
“Yoşlar” teleradiokanali ham öz imkoniyatlaridan samarali foydalana olmayapti. Şu munosabat bilan uşbu kanal faoliyatini kuçaytiriş, uning 50 foiz aksiyasi Özbekiston yoşlar ittifoqiga tegişli bölişi, uning direktori mazkur taşkilot Markaziy kengaşi tomonidan lavozimga tasdiqlanişi böyiça Boş vazir A.Aripov, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi X.Mirzohidov, adliya vaziri M.Ikromovga bir oy muddatda tegişli taklif tayyorlaş vazifasi topşiriladi", - dedi Şavkat Mirziyoyev.
"Hozirgi vaqtda yoşlarga möljallangan “Turkiston” gazetasi 9 500 nusxada, “Molodyoj Uzbekistana” gazetasi 2 800, “Yoş kuç” jurnali 3 000 nusxada çop etilayotganini qoniqarli baholaş mumkinmi? Mamlakatimizda 10 milliondan ortiq yoşlar mavjud bölgani holda, bu raqamlar biz uçun uyat emasmi?
Misol uçun, “Turkiston” gazetasiga Farğona viloyatida 225 ta, Surxondaryo viloyatida 134 ta, Samarqand viloyatida 54 ta, Sirdaryo viloyatida esa bor-yöği 40 ta obuna bölganini, aytinglar, qanday izohlaş mumkin?
Holbuki, respublikamizdagi barça vazirlik va idoralar, yirik kompaniyalar xodimlarining aksariyatini yoşlar taşkil etadi. Lekin ana şu taşkilotlarda yoşlar naşrlariga obuna masalasi qanday?
Qani, “Özbekneftgaz” kompaniyasi raisi A.Sultonov, siz bu savolga qanday javob berasiz? Siz öz tizimingizdagi yoşlar qanday matbuot naşrlariga obuna bölgani, qanday kitoblarni öqiyotgani, umuman, ularning ma'naviy saviyasi, dunyoqaraşi bilan heç qiziqib körganmisiz?
Janob A.Sultonovga bergan bu savolimni men boşqa köp rahbarlarga ham berişim mumkin va aminmanki, javob mana şunday qoniqarsiz bölişi aniq.
Özingiz öylang, aziz döstlar, yoşlarimiz özimizning gazeta-jurnallarimizni öqimasa, öz milliy adabiyotimiz va san'atimizni bilmasa, ular qanday qilib vatanparvar böladi? Ularning ongu tafakkuri, dunyoqaraşi nima hisobidan şakllanadi?













