12:35 / 02.07.2017
12559

Damashq markazidagi portlash tafsilotlari ma'lum bo‘ldi

Suriya poytaxti Damashq shahri markazidagi Tahrir maydonida xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan portlash oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 12 kishi jarohatlangan. Bu haqda davlat televideniyesi orqali ma'lum qilindi.

Terrorchi portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan avtomobilni portlatib yuborgan. Hozircha hech bir tashkilot bu terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.

Hududda hukumat kuchlari ish olib bormoqda.

Top