09:16 / 02.07.2017
17287

Ikki klub bir kunda, bir futbolchi bilan shartnoma tuzganini e'lon qildi

Shimoliy Irlandiya chempioni «Linfild» va kumush medal sohibi «Kruseyders» bir kunda «York Siti» klubi himoyachisi Josh Robinson bilan shartnoma tuzgani haqida e'lon qildi.

BBC tarqatgan xabarga ko‘ra, dastlab «Linfild»  klubi o‘zining Twitter sahifasida futbolchi bilan shartnoma imzolaganini yozgan va bosh murabbiy Devid Hilining Robinsonning tashrifi bilan qutlagan so‘zlarini ham qo‘shib qo‘ygan.

Oradan bir daqiqa o‘tib, «Kruseyders» klubi o‘z mikroblogida futbolchi bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi. Shuningdek ular, futbolchi bilan iyundan buyon muzokaralar olib borganini ta'kidlab o‘tdi.

Ammo Shimoliy Irlandiya futbol assotsiatsiyasiga (IFA) mamlakat chempioni futbolchi bilan shartnoma imzolagani haqidagi hujjatlarni birinchi bo‘lib taqdim etgani uchun Robinson «Linfild» futbolchisi sifatida qoladigan bo‘ldi.

Top