10:29 / 02.07.2017
49144

Shohko‘chadan mahallaga: Qarshida qatnovchi "Damas"lar taqdiri qanday hal etiladi? (video)

Xabaringiz bor,  Kun uz sayti “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yiliga bag‘ishlangan “Ochiq muloqot” loyihasi doirasida o‘tib borayotgan oyda ijodiy safar bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘lgan edi. Demak, safar tahlili va muhokamasiga muxlislarni chorlab qolamiz.

Safar davomida qashqadaryoliklardan kelib tushgan murojaatlarni o‘rganar ekanmiz, ular orasida Qarshi shahridagi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab “Damas” rusumli avtomashinalarning harakatlanishi borasida viloyat hokimining farmoyishiga bo‘lgan munosabat va amaldagi natijasi e'tiborimizni tortdi. 

Keling, mavzuni batafsilroq bayon etamiz. Joriy yil Qarshi shahar Navoyi shoh ko‘chasi  bo‘ylab “Damas” rusumli avtomashinalarning harakatlanishini tartibga solish maqsadida viloyat xokimining qarori e'lon qilindi. Ma'lumki, Qarshi shahridagi Navoiy shoh ko‘chasi shaharning markaziy ko‘chasi bo‘lib, ko‘cha bo‘ylab ko‘plab davlat tashkilotlari joylashgan. Shahar mehmonlari ham asosan ushbu ko‘cha bo‘ylab harakatlanadi. Tabiyki, “Damas” rusumli avtomashinada asosan yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchilar mazkur ko‘cha bo‘ylab o‘z faolyatini olib borar edi. Ammo tartib va yo‘l qoidalarini muntazam buzgan holda. Boisi, mijoz olish uchun kurashish kerak. Go‘yo uloq talashayotgandek. Bu esa doimiy yo‘l xarakat xafvsizligi qoidalarini buzilishiga, turli baxtsiz hodisalarning sodir bo‘lishiga aosiy sabab bo‘layotgan edi. 

Viloyat xokimining joriy yil 1 fevralidan joriy qilingan qarori ayni muammolarga chek qo‘ydi. Biroq “o‘lja” ilinjida harakatlanayotgan “Damaschi” O‘zbekiston ko‘chasini aylanma yo‘llar, ya'ni “Oq tepa” mahalla fuqarolar yig‘inining Yakkasaroy va Oydin ko‘chalari orkali kesib o‘tishni boshlaydi va bu ko‘chalarni o‘zlariga yo‘l qilib olishadi. Bizga yetib kelgan murojaat ham aynan mana shu ko‘chada istiqomat qiluvchi aholidan tushgan. Ijodiy guruhimiz murojaatda aytilgan manzilga yo‘l oldi. 

Xaqiqatan ham Oydin va Yakkasaroy ko‘chalarida ahvol yaxshi emas. Chang to‘zon ko‘tarilib, aholi ko‘chadan “Damaschi”larning quvlashmachoq o‘yinidan aziyat chekayotgani achinarli hol. Tasodifni qarangki, aholi murojatini o‘rganish uchun borganimizda o‘sha kuni mazkur muammoga yechim topish uchun aholi temir to‘siq qo‘yishga qaror qilganiga guvoh bo‘ldik. 

Tan olish kerak, shundoq ham kichik ko‘cha bugungi kun talabiga javob bermaydi. Endi esa “Damaschi”larning betartib va keskin xarakati bilan aholiga  yanada mashaqqat tug‘dirmoqda. Ular bilan suhbat davomida Qarshi shahar mahalla jamg‘armasi raisi Normurod aka Xamzayev ham kelib qo‘shildi.

Biz axoli murojaatini eshitganimizdan so‘ng, vaziyatga xolis yondashish maqsadida  “Damaschi”lar bilan ham suhbatlashishga qaror qildik. Ularni ham tingladik.

Odatda tanganing ikki tomoni bor, deyiladi. Biroq bizda tanganing uchinchi tomoni ham bor. Gap tadbirkorlar haqida. Bugun viloyat xokimining mazkur qaroridan qiynalayotgan tadbirkorlar ham bor. 

Mazkur masala, albatta, o‘z yechimini topishi kerak. Viloyat xokimligi mutsaddilar mazkur masalaning yechimini yangi ta'mirlanayotgan ko‘cha bilan izohlashdi. Ungacha esa barchani sabr qilishga, bag‘rikeng bo‘lishga chaqirdi.

 

Mavzuga oid
Top