19:40 / 02.07.2017
16060

Portugaliya Meksikani yengib, Konfederatsiyalar kubogi bronza medallariga ega bo‘ldi

Konfederatsiyalar kubogida uchinchi o‘rin uchun bahs Moskvadagi «Otkrytiye Arena»stadionida Portugaliya va Meksika terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 16-daqiqasida Krishtianu Ronaldusiz maydonga chiqqan portugallar penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ammo nuqtaga yaqinlashgan Andre Silva xato qildi - Gilermo Ochoa seyv qildi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa meksikaliklar Netuning avtogoli tufayli hisobni ochishdi - 1:0. Bu vaziyatda Chicharitoning maydon chizig‘ida turib jarima maydonchasiga yo‘llagan to‘pi himoyachiga tegib, darvozadan joy oldi.

O‘yinning asosiy vaqti yakuni dramatik ko‘rinish oldi - portugallar himoyachisi Pepe hisobni tenglashtirib, jamoalarni qo‘shimcha bo‘limlarga olib o‘tdi.

Qo‘shimcha bo‘limlar vaqtida esa Adriyen Silva penaltini aniq amalga oshirib, portugallarni oldinga olib chiqdi. Bu penalti meksikaliklar himoyachisi Migel Layun to‘pni jarima maydoni hududida qo‘li bilan o‘ynagach, belgilangandi.

Ko‘p o‘tmasdan portugallar himoyachisi Nelson Samedu qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 6 daqiqa o‘tib, 112 daqiqada meksikaliklar vakili Raul Ximenes ikkinchi sariq kartochkani olib, maydlndan chetlatildi. O‘yinning qolgan qismida Portugaliya g‘alabani saqlab qoldi va turnirning uchinchi o‘rnini qo‘lga kiritdi.

Konfederatsiyalar kubogi
3-o‘rin uchun o‘yin

Portugaliya – Meksika 2:1 (0:0, 1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 54, avtogol Netu, 1:1 – 90 Pepe, 2:1 – 104, penalti Adriyen Silva.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Elizeu, Nelson Semedu, Netu, Pitstsi (Vilyam Karvalyu, 90), Danilu Pereyra (Andre Gomesh, 82), Nani (Kuarejma, 70), Moutinyu (Adriyen Silva, 82), Jyelson Martinsh, Andre Silva.
Meksika – Ochoa, Markes (Fabian, 105), Moreno, Layyun, Guardado (Dos Santos, 80), Reyyes, Errera, Vela, Arauxo, Peralta (Losano, 61), Ernandes (Ximenes, 85).
Ogohlantirishlar: Markes (16), Nelson Semedu (26), Ximenes (94), Moreno (98).
Chetlatish: Nelson Semedu (106), Ximenes (112).

Mavzuga oid
Top