19:53 / 03.07.2017
14925

Pokistonda benzovoz yonishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 206 nafarga yetdi

Foto: EPA/FAISAL KAREEM

Pokistonning Baxavalpur shahrida yoqilg‘i tashiydigan yuk mashinasi yonishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 206 nafargacha yetdi. Bu haqda 3 iyulda Geo TV telekanali xabar berdi.

Avvalroq 190 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Voqea 25 iyunda yuz bergan. Ma'lumotlarga ko‘ra, mahalliy aholi yo‘lda ag‘darilib ketgan benzovozdan oqayotgan yoqilg‘ini yig‘ib olmoqchi bo‘lganda yong‘in chiqqan. Guvohlarning aytishicha, yoqilg‘i oqqan joy yaqinida bir necha kishi chekib turgan bo‘lgan va aynan shu yong‘in chiqishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin. Yong‘in oqibatida o‘nlab avtomobillar va mototsikllar yo‘q bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top