Seul meri ilk marta Toshkentda bo‘ldi

Foto: Gazeta.uz
Bugun, 3 iyul kuni Toshkent shahridagi Do‘stlik parkida (sobiq Bobur nomidagi park) joylashgan Seul bog‘ida "Koreys diasporasining O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishining 80 yilligi munosabati bilan koreys xalqi nomidan o‘zbek xalqining bag‘rikengligi va mehribonligi uchun chuqur minnatdorchilik ramzi" bo‘lgan memorial yodgorligi ochildi. Bu haqida "Gazeta.uz"da xabar berildi.
Ochilish marosimida Seul meri Pak Von Sun ishtirok etdi. Ta'kidlash joizki, bu Janubiy Koreya poytaxti ma'muriyati rahbarining O‘zbekistonga birinchi tashrifidir.
1937 yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston hududiga deportatsiya qilingan koreyslarning umumiy soni 172 ming kishini tashkil qilgan.
Koreya madaniy markazi ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda koreys diasporasining 182 ming vakili istiqomat qiladi.
"Bizning minnatdorchiligimizni bildiruvchi yodgorlikni qurish g‘oyasi O‘zbekistondagi koreys diasporasi yetakchilaridan chiqdi. Xususan, O‘zbekistondagi Koreya madaniyat markazi boshqaruvchisi, Oliy majlis deputati Viktor Pak shunday tashabbus bilan chiqqan", - deydi tanlovdan g‘olib bo‘lgan yodgorlik muallifi Artur Kvon. Yodgorlikni o‘rnatish uchun mablag‘ O‘zbekistondagi koreys diasporasi tomonidan to‘plangan. Shu bilan birga koreys ishbilarmonlari va oddiy fuqarolari ham o‘z hissalarini qo‘shishgan.
Tadbirda shuningdek Toshkent shahri hokimi Rahmonbek Usmonov va Koreya Respublikasi elchisi Kvon Yon U hamda respublika madaniy markazlar vakillari qatnashishdi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi
Jahon | 22:44 / 22.06.2025
-
Milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqildi
Jahon | 22:35 / 22.06.2025
-
Havo sharlari yordamida Le-Burjye aviasaloni o‘tkazilishini buzmoqchi bo‘lgan faollar hibsga olindi
Jahon | 22:13 / 22.06.2025
-
Isroil armiyasi Eronning 4 ta tumanidagi harbiy obektlarga hujum qildi
Jahon | 21:07 / 22.06.2025
Mavzuga oid

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

22:24 / 12.05.2025