23:51 / 03.07.2017
50478

Prezident bilan muloqotdan keyin fermer Sarvinoz Shokirovaga traktorlar sovg‘a qilindi

30 iyun kuni Yoshlar ittifoqi qurultoyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sirdaryolik fermer Sarvinoz Shokirovaga tasannolar aytib, uning muammosini hal qilgan holda qishloq xo‘jaligi texnikasini taqdim etdi.  

Ijtimoiy tarmoqlarda Shokirovaning Prezidenti sovg‘asi bilan aks etgan suratlari tarqalmoqda. Suratlar ostida foydalanuvchilar Sarvinoz Shokirovani qutlab, unga omadlar tilab qolishgan. 

"O‘ylaymanki, Sirdaryo kelgusi rejani ikkinchi o‘rinda emas, birinchi o‘rinda bajaradi", "Hali bu boshlanishi, barakalla, Sarvinoz! Bu ishonchga ishonch bilan javob qaytarish vaqti keldi", - deya izohlar qoldirishgan Facebook tarmog‘i foydalanuvchilari. 

Top