16:20 / 03.07.2017
76326

Toshkentdagi «To‘xtaboy» masjidi imomi ishdan olindi

Toshkent shahridagi «To‘xtaboy» jome masjidi imom xatibi  Ishoqjon Begmatov lavozimdan olingan. Bu ma'lumotni «Kun.uz» muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan imomning o‘zi tasdiqladi.

Uning ishdan olinishi sababi aniq aytilmadi. Imomning keyingi faoliyati haqida ham ma'lumot yo‘q.

Asli farg‘onalik Ishoqjon Begmatov 2002 yildan buyon Olmazor tumanidagi «To‘xtaboy»  masjidida imom sifatida ishlab kelayotgandi.

Jome' masjidning rasmiy sayti bo‘lmish Ummat.uz sayti 2015 yil iyun oyida ishga tushirilgandi. Ushbu sayt faoliyati uchun Ishoqjon Begmatov 2016 yil mayida «Oltin qalam» mukofoti bilan taqdirlangandi.

Mavzuga oid
Top