23:07 / 03.07.2017
5839

Turkiya o‘z aviatashuvchi kemasini yaratish ustida ishlamoqda

Foto: aa.com.tr

Turkiya o‘z tashkil etilganining 100 yilligini nishonlaydigan 2023 yilda uning mudofaa mahsulotlari importiga bog‘liqligi barham topishi kerak, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an. 

Erdo‘g‘an Istanbuldagi verflarda MİLGEM (Milliy kema) loyihasi doirasida yaratilgan 4- va 5-korvetlarning suvga tushirilishi marosimida ishtirok etdi.

Uning aytishicha, Turkiya mamlakat mudofaa sanoatining rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi. "Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi! Turkiya mudofaa sanoati rivojlanishini sekinlashtirmoqchi bo‘lishga urinadiganlar hukumat va shaxsan men bilan ish ko‘radi", deb aytgan Erdo‘g‘an va hukumat o‘z ishi ustalari bo‘lgan va mamlakat hamda xalq ravnaqi uchun ishlaydigan tadbirkor va kompaniyalarni faol qo‘llab-quvvatlashiga va'da berdi.   

"Turkiya hukumati istalgan sohadagi loyihalarni amalga oshirishda mahalliy kompaniyalarga afzallik berishini qayd qilib o‘tmoqchiman. Agar mamlakatning biror ehtiyojini qondirish uchun qandaydir mahsulotni eksport qilsak ham, bizning rejalar asosida Turkiya zaxiralari yotadi", deb aytdi Erdo‘g‘an va Anqara bu strategiya vaqt va zaxiralar yo‘qotishni ko‘zda tutsa ham unga amal qilishi kerakligini ta'kidlab o‘tdi.  

Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, agar turk hukumati oxirgi 15 yil ichida shunday siyosat yurgazmaganda, unda Turkiyaga qurol-aslaha yetkazib berishga taqiqlovlar sababli u aksilterrorchilik operatsiyalarni, jumladan xorijda, o‘tkazish uchun yetarlicha imkoniyatlarga ega bo‘lolmasdi. 

Erdo‘g‘an Anqara Turkiya va unga do‘stona davlatlar manfaatlariga javob beruvchi yirik rejalarni amalga oshirishga tayyorligini aytdi.

Erdo‘g‘an 2016 yilda mudofaa maqsadida mahsulotlar ishlab chiqarilishi 5 mlrd dollarni tashkil qilganiga e'tibor qaratdi. Shu bilan birga mamlakat 1,6 mlrd dollarlik mudofaa mahsulotlarini eksport qilgan.

"Harbiy kemasozlik, ayniqsa, suv osti kemalarini yaratish – bu biz haqli ravishda faxrlanishimiz mumkin bo‘lgan sohadir. Turkiya o‘zi harbiy kema loyihalab, uni qura oladigan 10 davlat ichiga kiradi", deb ta'kidlab o‘tdi Turkiya prezidenti.   

Top