O‘zbekiston va Rossiya harbiylari Forishda qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazishadi

Foto: Trend News Agency
O‘zbekiston va Rossiya Qurolli kuchlarining Markaziy harbiy okrugi bo‘linmalari hamkorligida 2017 yil oktabrida O‘zbekistonning Forish poligonida harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Qurolli kuchlari Markaziy harbiy okrugi harbiylari qo‘mondoni yordamchisi polkovnik Yaroslav Roshchupkinga asoslangan holda xabar bergan.
"2005 yildan beri ilk marta Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy bo‘linmalari 2017 yil oktabrida Forish poligonida qo‘shma taktik o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazishadi", — degan Roshchupkin.
Forish poligoni Toshkent shahridan 250 kilometr masofadagi Nurota tog‘ tizmalarining shimoliy yonbag‘irlarida joylashgan.
Roshchupkinning aniqlik kiritishicha, qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi bo‘yicha kelishuvga ikki mamlakat mudofaa vazirliklari delegatsiyalarining Toshkentda o‘tkazilgan ishchi uchrashuvi (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Qobul Berdiyev va RF Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni Vladimir Zarudnitskiy rahbarligidagi delegatsiyalar) yakunida erishilgandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Misr O‘zbekistonda tibbiyot sohasida qo‘shma loyihani amalga oshiradi
O‘zbekiston | 14:05
-
O‘zbekiston va Vengriya qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 13:59
-
Dunyoda o‘z davlati ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 83 mlndan oshdi
Jahon | 13:12
-
Kallas: Putin Zelenskiy bilan uchrashishga jur’at eta olmaydi
Jahon | 13:10
Mavzuga oid

09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi

14:24 / 07.06.2024
Jizzaxda daladan erkak kishining murdasi topildi

14:10 / 06.09.2021
«Bunaqasi Afg‘onistonda ham yo‘q» - Iqtisodchi Zafarobod-Forish yo‘li misolida sohada qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni sanadi

18:43 / 23.08.2021