17:00 / 04.07.2017
18705

Afsonaviy to‘purar darvozabon o‘z klubidan haydaldi

«San-Paulu» klubi bosh murabbiyi Rojyerio Seni o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatgan.

44 yoshli sobiq darvozabon bu lavozimga yanvarda tayinlangandi. Bugunga kelib u jamoani tark etadigan bo‘ldi.

«San-Paulu» hozirda Braziliya chempionatining ortda qolgan 11 turida 11 ochko to‘plab, 17-o‘rinda bormoqda. Bu esa klub rahbarlariga yoqmagan.

To‘purar darvozabon nomi bilan tanilgan Rojyerio Seni futbolchilik faoliyatini 1992 yilda boshlagandi. «San-Paulu» safida u 1257 uchrashuvda maydonga tushib, jami 131 golga mualliflik qilgan.

Mavzuga oid
Top