16:40 / 04.07.2017
27429

«Bu esa baqlajon ikrasi. Chet eldan keltirilgan» - Putin Xitoy rahbarini o‘ziga xos tarzda mehmon qildi

Rossiyada bo‘lib turgan Xitoy xalq respublikasi raisi Si Jinping tashrifdan boshi osmonga yetmoqda.

Vladimir Putin rasmiy uchrashuvdan keyin hamkasbini tushlikka taklif qildi. Kremlda o‘tgan tushlikda mehmon rus milliy taomlari bilan mehmon qilingan. Ular orasida qora ikrali non, dengiz o‘tlaridan tayyorlangan salat, kartoshka qaylali cho‘chqa go‘shti kabi taomlar bor edi. Shirinlik uchun esa shokoladli muzqaymoq tortilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Xitoy rahbari Rossiyada tayyorlanadigan muzqaymoqlarni juda yaxshi ko‘radi va o‘tgan yili Vladivostokda Vladimir Putin hamkasbiga ruscha muzqaymoqdan bir qutisini sovg‘a qilgan edi.

Xitoy rahbarining aytishicha, Rossiyadagi qaymoq mazali bo‘lgani uchun ham muzqaymoqlar shirin chiqadi.

Putin Xitoy rahbarini mukofotladi

Top