Issiqko‘lga O‘zbekistondan ilk samolyot uchib bordi
Bugun, 4 iyul kuni birinchi marta «Toshkent–Issiqko‘l–Toshkent» reysi amalga oshirildi. Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatidagi Tomchi aeroportiga O‘zbekistondan birinchi reys amalga oshirildi. Bu haqda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK matbuot xizmati ma'lumot bergan.
Qayd etilishicha, bu 10 yil ichida birinchi marta o‘zbekistonliklar Issiqko‘lga uchib borishi bo‘ldi.
«Bugun Issiqko‘lga Toshkentdan amalga oshirilgan reys orqali 200 nafar sayyoh keldi» , — deyilgan K-News xabarida.
Milliy aviakompaniya matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, ushbu marshrut bo‘ylab charter parvozlar shu yilning 29 avgustigacha Boeing 757 avialaynerlarida haftada bir marta — seshanba kunlari amalga oshiriladi.
Seshanba kuni Toshkentdan samolyot soat 8:10 da Issiqko‘lga yetib boradi, Toshkentga esa soat 12:40da uchib ketadi.
«Toshkent–Issiqko‘l–Toshkent» yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga shu yilning aprelida milliy aviakompaniya rahbariyati hamda Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, axborot va turizm vazirligi vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda erishilgandi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Britaniya bozoriga eksportni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Jahon | 11:51
-
Bill Geyts fondi 2045 yilgacha 200 mlrd dollarni xayriya qiladi
Jahon | 11:39
-
«Yuksalish» harakati ko‘p qavatli uylarni boshqarishda ko‘plab kamchiliklarni aniqladi
O‘zbekiston | 11:11
-
Shifokor va hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha yagona malaka talablari ishlab chiqiladi
O‘zbekiston | 11:10
Mavzuga oid

17:03 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?

17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin

10:47 / 07.11.2024
Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd 2025 yildan qatnay boshlaydi

18:44 / 02.10.2024