21:05 / 04.07.2017
22379

Toshkent IIBB aliment to‘lamagani uchun qidiruvda bo‘lganlar ro‘yxatini tuzdi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi saytida aliment to‘lamasdan yashirinib yurgan shaxslar ro‘yxati keltirildi. Ro‘yxatdan 31 erkak va bir ayol joy olgan.

O‘zbekiston Oila kodeksiga ko‘ra, ota-onalar voyaga yetmagan farzandlarini boqishlari shart. O‘z majburiyatlarini bajarishni istamagan ota-onalar aliment to‘lashi kerak bo‘ladi.

Voyaga yetmagan bolalarga aliment to‘lash va ularga ta'minot berishda ota-ona majburiyatlari teng bo‘lib, undiriladigan aliment miqdori aliment to‘lovchining oylik ish haqiga va (yoki) boshqa daromadiga nisbatan ulushlar hisobida yoki pul bilan to‘lanadigan qat'iy summada belgilanishi mumkin.

Top