20:43 / 05.07.2017
35053

Avtomobil va daryo transporti agentligi rahbari ishdan olindi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 5 iyuldagi qarori bilan O‘zbekiston daryo transporti agentligi rahbari Vohid Ismoilov Validjonovich ishdan olindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bergan.

Agentlikka 2013 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Vohid Ismoilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 4 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiyot sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilgan, unda prezident bank sohasidagi yuzaki islohotlarga chek qo‘yishni talab qilgandi.

Top