Fuqarolik, jinoyat va ma'muriy işlarni körişda sud majlislarini videokonferentsaloqa rejimida ötkazişning ayrim masalalari töğrisida Özbekiston Respublikasi oliy sudi plenumining qarori qabul qilindi.
Oliy sud raisi K.Kamilov tomonidan 24 iyun kuni imzolangan Plenum qarori fuqaro va tadbirkorlik sub'yektlari — sud protsessi iştirokçilarining sud orqali huquqlarini himoya qilinişida yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş, odil sudlovga erişiş darajasini oşiriş, moliyaviy va vaqt xarajatlarini qisqartiriş, şuningdek, işlarni körişda tezkorlikni ta'minlaş va protsessual muddatlarni tejaş maqsadida qabul qilindi, deyiladi qaror matnida.
Sudlarga tuşuntirilişiça, bundan buyon, protsessual qonun hujjatlariga tegişli özgartirişlar kiritilgunga qadar, fuqarolik va jinoyat işlari böyiça sudlar hamda ma'muriy sudlar protsess iştirokçilarining roziligi bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar iqtisodiy sudlarida örnatilgan telekommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda sud majlislarini videokonferentsaloqa rejimida ötkazişga haqli.
Bunda, sud majlislarini videokonferentsaloqa rejimida ötkazişning zaruriy şarti işda iştirok etuvçi şaxslardan loaqal bittasi boşqa ma'muriy-hududiy birlik (Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri) hududida, ya'ni işni körayotgan sud joylaşgan hududdan taşqarida joylaşgan bölişi lozimligi hisoblanadi.
Videokonferentsaloqa rejimidagi sud majlisi deganda, real vaqt rejimida telekommunikatsiya texnologiyalari vositasida audio- va video- axborotlar almaşinuvi imkoniyatlaridan foydalangan holda işni körayotgan sud va sud majlisini ötkazişga kömaklaşayotgan sud örtasidagi interaktiv özaro ta'sir qiliş yöli bilan masofadan sud majlisini ötkaziş tuşuniladi.
Işni körayotgan sud deganda, iş yurituvida bölgan fuqarolik, jinoyat işlari böyiça sudlar va ma'muriy sud tuşuniladi.
Videokonferentsaloqa rejimidagi sud majlisini ötkazişga kömaklaşadigan sud deganda, videokonferentsaloqa rejimidagi sud majlisini ötkaziş uçun texnik va boşqa şaroitlarni ta'minlayotgan va işni körayotgan sud hududidan taşqarida joylaşgan iqtisodiy sud tuşuniladi.
Videokonferentsaloqa rejimidagi sud majlisini ötkazişda iş Özbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual va Jinoyat-protsessual kodeksining umumiy qoidalariga muvofiq köriladi.
Işni sudda körişga tayyorlaş paytida va videokonferentsaloqa rejimida sud majlislarini ötkazişda sudlar Özbekiston Respublikasi Oliy xöjalik sudi Plenumining «Xöjalik sudlari tomonidan videokonferentsaloqa rejimida sud majlislarini ötkazişda Özbekiston Respublikasi Xöjalik protsessual kodeksi normalarini qöllaşning ayrim masalalari haqida» 2014 yil 28 noyabrdagi 270-sonli qarorining qoidalarini ham qöllaşlari lozim.












