08:49 / 06.07.2017
33451

O‘zbekistonlik tadbirkor mamlakatning kamida 10 milliard dollarlik shartnomani imzolashi borasida o‘z takliflarini bayon qildi

O‘zbekistonlik tadbirkor Hikmat Abdurahmonov O‘zbekistonni rivojlantirishga doir ba'zi fikrlari bilan o‘rtoqlashib, bu borada o‘zining qator takliflarini bildirdi.

"Olmaotaga borganimda so‘nggi 10 yil davomida mintaqaviy investitsion kompaniyada ishlagan vatandoshimiz bilan ko‘rishdim. Uning so‘zlariga ko‘ra, konvertatsiyaning yo‘qligi, biznes egalari va investorlar huquqi himoyasining zaifligi, byurokratiya kabi ma'lum sabablarga ko‘ra O‘zbekistonga qiziqish bo‘lmagan.

Joriy yil boshidan O‘zbekiston bo‘yicha so‘rovlarning yarmidan ko‘pi investorlarning barcha sohalarga kirib borishni istashayotganidan dalolatdir - infratuzilma loyihalari, moliyaviy sektor, banklarning ochilishi yoki qo‘lga kiritilishi, uy-joy komplekslarini qurish, biznes markazlari va h.k. Hozircha barchasi muzokaralar bosqichida, lekin sarmoyachilar real o‘zgarishlarga tayyorlanishmoqda. Tajribali sarmoyachilar iqtisodiyot ochilayotganda nima qilish kerakligini yaxshi bilishadi, zero Qozog‘istonning o‘zi, Gruziya, Myanma, Vetnam, Eron kabi mamlakatlar shu ssenariy bo‘yicha o‘tishgan. 

Boshqa tomondan, biz qay tomonga harakat qilish borasida aniq tushunchaga ega emasmiz, Prezident o‘zgarishlar va islohotlarning yuzakiligidan norozi. 

Shu yerda savol tug‘iladi, nima uchun shu sarmoyachilar bilan investitsion va iqtisodiy formatdagi uchrashuvlar seriyasini tashkillashtirmaymiz?

Bu taxminan quyidagicha kechishi kerak:

1. "Uzbekistan is opening up!" deya e'lon qilamiz;

2. Hyatt'da bosh vazir va barcha asosiy idoralar, soliq, bojxona, TIV, Investitsiyalar qo‘mitasi va boshqalar bilan atroflicha matbuot anjumani tashkil qilinadi. Bunday yangiliklar o‘z-o‘zidan jahonning yetakchi nashrlarida birinchi satrlarga chiqadi;

3. O‘zbekistonning barcha elchixonalari har tomonga bong uradi, bir juft rolikni tayyorlanadi;

4. Eng yirik konsalting kompaniyalarini jalb qilish - PWC, Deloitte, E&Y, KPMG, McKinsey, Accenture va h.k. Zero ular banklar, xususiy va institutsional sarmoyachilarning eng yirik mijoz bazalariga chiqa olishadi. Ularning o‘zi ham bajonidil ishtirok etib, mamlakatga investitsiyalar olib kirilishida hamrohlik qilishadi. 

5. Toshkentda investitsion, iqtisodiy va biznes-forumlar o‘tkazish, barcha savollarga javob berish, xorijiy hamkorlarning fikrlarini o‘rganish, B2b formatidagi uchrashuvlarni o‘tkazish, mavjud barcha loyihalarni taqdim etish. Nafaqat xususiy xorijiy sektor sarmoyachilarini, balki bu bosqichlardan bir necha bor o‘tgan ekspertlar va iqtisodchilarni ham taklif qilish.

6. Bu tadbirlar yordamida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bilan shug‘ullanish.

7. Barcha kirish imkoniga ega bo‘lgan ochiq elektron bazani yaratish.

Kafolat beramanki, bunday choralar cheki yo‘q selektorlar, planyorkalar, iste'folar va sarsongarchilikdan katta effekt beradi. Bir necha oy ichida kamida 10 milliard dollarga shartnoma imzolashimiz va eng ustuvor muammoli masalalarni bartaraf etishni boshlashimiz mumkin. 

Jiddiy xatti-harakatlar boshlanadi.

Hikmat Abdurahmonov – 1981 yilning 1 iyunida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya universitetini tamomlagan. Buyuk Britaniyadagi “Sent Endryus” universitetida xalqaro biznes ilmini olgan. Biznes sohasida turli tashkilotlarda faoliyat yuritib kelgan. Xalqaro biznes va texnologiya assotsiatsiyasi kuzatuv kengashi rahbari.

Top