00:20 / 06.07.2017
9943

Hindiston sudi diniy rahnamoning tanasini muzlatkichda saqlashga ruxsat berdi

Hindiston oliy sudi 3,5 yildan beri klinik o‘lim holatida qolayotgan diniy rahnamo Shri Ashutosha Maxarajani dafn etmaslikka ruxsat berdi. Shu tariqa pastki sud instansiyasi tomondan rahnamo jasadini krematsiya qilish haqida chiqarilgan qaror bekor qilingan. Bu haqda The Indian Express nashri xabar bermoqda. 

Rahnamoning shogirdlari uning jasadi dafn etilishiga qarshi chiqishgan. Ularning aytishicha, u tirik va chuqur meditatsiya holatida.

Sud ularning pozitsiyasini hisobga olib, Shrini muzlatkichda qoldirishga ruxsat bergan. Sud qaroriga ko‘ra rahnamoning tanasi endi muntazam shifokorlar tomondan tekshirib turilishi kerak.

Mavzuga oid
Top