18:15 / 06.07.2017
10340

Tramp Rossiya saylovlarga aralashgan bo‘lishi mumkinligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qildiki, u Rossiya AQShdagi 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashgan bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi. Uning so‘zlari Associated Press tomonidan keltirilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday harakatni boshqa davlatlar ham amalga oshirgan bo‘lishi mumkin.

«Hech kimga ishonch yo‘q», — deya qayd etgan u.

«Menimcha, ko‘plar aralashgan. Bu ko‘p vaqtdan buyon davom etmoqda... Ko‘p yillardan buyon. Barak Obama prezidentligida buni bilardi…  Avgustda (2016 yili). Saylov noyabrda o‘tkazilgan. U bilib turib, hech qanday chora ko‘rmagan.  Nega u hech qanday chora ko‘rmaganmi? Unga bu Rossiya ekanini aytishgandi», — deya Trampning so‘zlarini keltirgan RIA «Novosti».

Bundan avvalroq Tramp Polsha prezidenti Anjyey Duda bilan Varshavadagi uchrashuv vaqtida Rossiyaning Sharqiy Yevropadagi harakatlari beqarorlik keltirib chiqarish xarakterida ekanini aytib o‘tgandi.

Rossiya tomoni bir necha marta AQSh tomonining ushbu mamlakatdagi saylovlarga aralashish bo‘yicha har qanday ayblovlarini inkor etib kelgan.

Bu safar ham Trampning chiqishiga tezda javob qaytarildi. 

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu bayonoti orqali Donald Tramp Rossiya AQShdagi saylovga aralashishi mumkinligini tan olganiga urg‘u qaratgan.

Mavzuga oid
Top