09:12 / 06.07.2017
26645

www.askdoctor.uz portali – salomatlik uchun yangi yechim

Ba'zan shifokor tavsiyasini olish uchun soatlab “navbat” kutishga to‘g‘ri keladi. Ayrim xollarda kutganingizni foydasi ham bo‘lmaydi, chunki aslida Sizga boshqa mutaxassis kerak bo‘lgan…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida ham yuqori texnologik tibbiy yordamdan foydalanishga muhtoj bo‘lgan bemorlarning doimiy yangilanadigan yagona elektron bazasini tashkil etish, vrach qabuliga masofadan turib yozilish imkonini beruvchi elektron dastur joriy etilishini ta'minlash ko‘zda tutilgan.

Bu kabi innovatsiyalar ustida o‘zbekistonlik dasturlovchilar allaqachon ish boshlab yuborishgan. Bulardan biri, ikki yildan buyon 20 mingdan ziyod foydalanuvchilarni o‘ziga jalb qilgan, 70dan ortiq kasalxonalar bazasini yaratgan  Askdoctor.uz mobil va internet ilovasidir. Poytaxtdagi yetakchi kasalxonalar va shifokorlarning konsultatsiyasini taqdim etuvchi yangi portal - AskDoctor.uz nafaqat shifokor tanlash va navbat kutishga sarflangan vaqt muammosini bartaraf etishga, balki tibbiy varaqadagi ma'lumotlarni xavfsiz saqlashga ham yordam beradi. Shuningdek, Toshkentdagi 70 dan ortiq tibbiy muassasalardagi chegirmalarni ham hadya qiladi.

Salomatlik bo‘yicha bepul maslahat

www.askdoctor.uz – bu bemor, shifokor va kasalxonalar uchun bepul onlayn portal bo‘lib, Askdoctor kompaniyasi tomonidan yarartilgan. Sayt o‘z o‘quvchilariga onlayn tarzda murojaat qilish uchun kasalxona yoki shifokor-mutaxassisni tanlash hamda boshlang‘ich tavsiyalarni olish imkonini taqdim etadi. Konsultatsiyalar bepul amalga oshiriladi. 

Loyiha tashkilotchilarining qayd etishicha, AskDoctor mijoz va kasalxonaning vaqtini tejovchi onlayn-tizim bo‘lib, tezkorlik bilan sog‘liq haqidagi istalgan savolga javob olishga va yangi kasalxona hamda xizmatlar to‘g‘risida yanada ko‘proq ma'lumotlar bilishga imkon beradi.

www.askdoctor.uz taqdim etuvchi qulayliklar:

  • Bepul konsultatsiyalar olish uchun portalda oddiy va oson ro‘yxatdan o‘tish kifoya.
  • Portal foydalanuvchilari o‘z savollarini o‘zbek hamda rus tillarida yo‘llashlari mumkin. Shuningdek, shifokorlar orasida xorijlik mutaxassislar bo‘lganligi sababli ular ham ingliz tilida javob berishi mumkin.
  • Shaxsiy «Tibbiy karta» har bir foydalanuvchining shaxsiy bo‘linmasida mavjud bo‘lib, uning yordamida mijozlar o‘z tekshiruv va laboratoriya tadqiqotlari ma'lumotlarini saqlashlari mumkin.
  • www.askdoctor.uz  portalining Android va IOS platformasida ishlaydigan qurilmalar uchun mobil ilovasi ham mavjud.

 

www.askdoctor.uz portalining qo‘shimcha xizmati

Eng muhim yangilik  - foydalanuvchilarning tahlil natijalari hamda kasallik tarixini saqlash uchun shaxsiy elektron tibbiy kartaga buyurtma berish imkonidir.

Mazkur tibbiy karta chegirmali bo‘lib, qaysi hamkor kasalxonalarga murojaat qilinganiga qarab, hujjat egalariga 5 foizdan 50 foizgacha chegirmalar ulashiladi.

Shuningdek, portalning “Yangiliklar” bo‘limida tibbiyot olamidagi eng so‘nggi xabarlar va ilmiy-tibbiy maqolalar, shu bilan birga, kasalxonalar tomonidan o‘tkazilayotgan aksiyalar ham e'lon qilib boriladi.

Agarda foydalanuvchilar shifokor yoki tibbiy muassasa tanlashda biron bir qiyinchilikka duch kelsa, www.askdoctor.uz axborot  xizmati xodimlariga murojaat etishlari mumkin. Murojaat uchun telefon: (+998 97) 713-12-12

Dastur O‘zbekiston bozorida yangilik bo‘libgina qolmay, ko‘plab foydalanuvchilar muammolarini yechimiga va, kolaversa, tibbiyot sohasining tezroq rivojlanishiga ko‘maklashadi.

O‘zingiz sinab ko‘ring. www.askdoctor.uz  

Facebook http://bit.ly/AskDoctor-in-facebook

Telegram http://bit.ly/AskDoctor-in-Telegram

YouTube http://bit.ly/AskDoctor-in-YouTube

Reklama huquqi asosida

Top