19:25 / 07.07.2017
16112

Hamburgda Putin va Tramp o‘rtasida muzokara boshlandi

Germaniyaning Hamburg shahrida «Katta yigirmatalik» sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh rahbari  Donald Tramp o‘rtasidagi uchrashuv boshlandi.

Qayd etilishicha, ikki davlat rahbari muzokaralari kengaytirilgan tarkibda o‘tmoqda.

Rossiya prezidenti amerikalik hamkasbiga ilk uchrashuvdan mamnunligini bildirgan. «Umid qilamanki, siz ham aytganingizdek, bizning bu uchrashuvimiz yaxshi natijalar keltiradi», — deya Putinning so‘zlarini keltirgan TASS.

Muzokaralarda AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson hamda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov, shuningdek, tarjimonlar ishtirok etishmoqda.

Uchrashuvda tomonlar Ukraina, Suriya, Yaqin Sharq hamda Uzoq Sharqdagi boshqa masalalarni, terrorizmga qarshi kurashish mavzusini muhokama etishadi.

Mavzu
Hamburgda G20 sammiti

7-8 iyul kunlari Germaniyaning Hamburg shahrida G20 sammiti bo‘lib o‘tadi. Har yili o‘tkaziladigan sammitda «Katta yigirmatalik» davlatlari rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishadi

Barchasi
Mavzuga oid
Top