Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga taşrifi davomida Töraqörğon tumanidagi Namangan köçasida xalq içiga kirib, odamlar bilan muloqot qildi.

ÖzA bergan xabarga köra, aholi prezident taşrifidan xursandligini, amalga oşirilayotgan özgariş va yangiliklar uçun minnatdorlik izhor etdi. 

Prezident Töraqörğonda öz taklifi asosida taşkil etilayotgan, Işoqxon Ibratga bağişlangan sölim boğ, yodgorlik majmuasi va «Ibrat maktabi»ni borib körgan. 

Boğ odamlarning mazmunli hordiq çiqarişiga qulaylik yaratiş bilan ma'naviy olamini ham boyitadi. Bu yerda ma'rifatparvar bobomizning haykali örnatiladi. Muzey Işoqxon Ibratning hayoti, serqirra faoliyati bilan taniştiradi. «Ibrat maktabi»da yoşlar xorijiy tillarni örganadi. Bularning barçasi yaxlit kompleks sifatida allomaning xalqimiz uçun qilgan buyuk xizmatlarini qadrlaş, merosini öqib-örganiş va tarğib qilişda muhim örin tutadi. 

«Uluğ ajdodimiz Ibrat taxallusini öziga bejiz tanlamagan. Uning Vatan va yurt taraqqiyoti yölidagi fidokorona hayoti nafaqat öz davrida, balki bugungi kunda ham barçamiz uçun haqiqiy ibrat namunasi bölib qolmoqda», dedi prezident. 

Davlat rahbari mazkur kompleksni mazmun jihatidan takomillaştiriş, til örgatiş böyiça maxsus maktabni Namangan davlat universiteti qoşida taşkil etiş, bu yerda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti hamda Özbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda xorijiy tillarni ixtisoslaştirilgan tarzda örgatiş zarurligini ta'kidladi. Öqituvçi va öquvçilarga zarur şaroitlar yaratiş, majmua atrofini obodonlaştiriş böyiça körsatmalar berdi. 

«Gap yoşlar tarbiyasi haqida borar ekan, bu borada şoşmaslik, yoşlar va ota-onalarning talab-istaklaridan kelib çiqib, har tomonlama puxta öylab iş tutiş kerak», dedi Prezident.