11:44 / 07.07.2017
10939

Xorazm viloyatida qidiruvda yurgan firibgar ushlandi

Xorazm viloyatining Xiva tumanida firibgarlik jinoyatini sodir etib qidiruvda yurgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Respublika IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, Xorazm viloyati Xiva tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari firibgarlik jinoyatini sodir etib qidiruvda yurgan shaxsni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishgan. 

2017 yil 28 iyun kuni Xiva tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi bilan ayblanib, qidiruvda bo‘lgan muqaddam sudlangan A.Abdullayev  tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan qo‘lga olingan.

Top