14:45 / 07.07.2017
22274

“Kapitalbank” bir necha turdagi omonat turlarini taklif qilmoqda

Pulni inflyatsiyadan asrab, ularni saqlash va ko‘paytirishni istaganlar bunga erishish uchun bo‘sh pul mablag‘larini bank omonatlariga qo‘yishlari mumkin. Bunday omonatlar tez va sodda rasmiylashtirilishi tufayli ham aholi orasida juda ommalashgan. Omonat ochayotgan fuqaro o‘z moliyaviy jamg‘armasini saqlash uchun bankka topshiradi va o‘z qo‘yilmalari evaziga kafolatlangan daromad oladi. Yurtimiz tijorat banklari ushbu xizmatni doimiy ravishda modernizatsiya qilib, omonatchilarga pulni joylashtirish uchun optimal sharoitlar yaratib kelmoqda.

Masalan, “Kapitalbank” ATB o‘z mijozlariga milliy va chet el valyutasida bir necha turdagi omonat turlarini taklif qilmoqda.

“Kapitalbank” ATB omonatlari mijozlarning pul mablag‘larini xavfsiz asrash va ko‘paytirishning qulay usulidir. Bankning «Muvaffaqiyat formulasi» nomli xorijiy valyutadagi omonat turi mijozga foiz olish usulini mustaqil tanlash imkoniyatini beradi. Bunda foiz naqd pulda yoki plastik kartaga o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanishi mumkin.

«Shu bilan birga mijoz omonatni qo‘yish uchun qulay muddatni ham tanlashi mumkin – bu 2 oy, 6 oy va bir yildir. Omonatni ochish uchun kamida 1000 AQSh dollari miqdoridagi naqd mablag‘ talab etiladi. Va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi shart»,– deydi “Kapitalbank” ATB Toshkent shahar filiali boshqaruvchisining o‘rinbosari Madina Yusupova.

«Muvaffaqiyat formulasi» omonat turidan foydalanuvchi mijoz foizning bir qismini omonat rasmiylashtirilayotgan kunning o‘zidayoq so‘m ekvivalentida olishi ham mumkin. Umuman olganda esa, foizlar omonat amal qiladigan muddat davomida chet el valyutasida to‘lanadi.

«Men shu bankning omonatchisiman. Hozir hisobimni yopdim, chunki ayrim muddatga Rossiyaga ketyapman. Menga juda tez xizmat ko‘rsatishdi, ko‘p kutishga to‘g‘ri kelmadi. Bu menga juda manzur. 10 15 daqiqa ichida o‘z pullarimni oldim»,– deydi bank mijozi Yevgeniya Kurbatova.

«Muvaffaqiyat formulasi» omonat turining qiziqarli jihatlaridan biri shuki, bu depozitni ochishni istovchilar uchun qo‘shimcha tarzda talay hujjatlar taqdim etmasdan kreditni overdraft ​tarzida olish xizmati ko‘rsatilishidir.

Reklama huquqi asosida

Top