22:20 / 07.07.2017
20784

Kunning eng g‘amgin xabari. «Sanderlend»ning 6 yoshli muxlisi vafot etdi

Foto: Getty Images

Bir necha oy muqaddam tarmoqni larzaga solgan «Sanderlend»ning xasta muxlisi Bredli Loueri bugun vafot etdi. Bu haqda uning uchun ochilgan feysbukdagi sahifada ma'lum qilingan.

6 yoshli Bredli uzoq vaqt neyroblastoma (asab tizimining saratoni) xastaligi bilan kurashib, hayotdan ko‘z yumdi.

«Sanderlend»ning yosh muxlisini neyroblastomadan tuzatish uchun 700 ming funt mablag‘ to‘plangan, u Nyu-Yorkda davolanishga yuborilgandi, ammo 7 iyul kuni uning joni uzildi.

«Sanderlend»da to‘p surgan paytida u bilan bir necha marta suratlarga tushgan va doimiy ravishda uni qo‘llab-quvvatlab kelgan Jyermeyn Defo «Bornmut»ga qo‘shilishi munosabati bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida undan Bredlining ahvolini so‘rashganida u yig‘lab yuborgandi.

Mavzuga oid
Top