22:30 / 07.07.2017
19099

Lavrov Putin va Tramp uchrashuvi mavzusi haqida gapirdi

Foto: TASS

Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Tramp Hamburgdagi sammit doirasidagi uchrashuvda asosiy mavzular Suriya, Ukraina, KXDR bilan bog‘liq vaziyat, shuningdek, kiberxavfsizlik bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov jurnalistlarga ma'lum qildi.

Vazir ikki siyosatchi uchrashuvi konstruktiv ruhda o‘tganini qayd etgan. U ushbu uchrashuv tomonlar o‘zaro hamkorlik yo‘lida ekanini ko‘rsatganini qo‘shimcha qilgan.

Lavrov tomonlar muloqot vaqtida milliy manfaatlarga urg‘u qaratishganini, «muammolar yaratish»ga urinishmaganini ta'kidlab o‘tgan.

Bundan oldinroq Vladimir Putin uchrashuv yakuni bo‘yicha bayonot bergandi.

Mavzu
Hamburgda G20 sammiti

7-8 iyul kunlari Germaniyaning Hamburg shahrida G20 sammiti bo‘lib o‘tadi. Har yili o‘tkaziladigan sammitda «Katta yigirmatalik» davlatlari rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishadi

Barchasi
Mavzuga oid
Top