09:19 / 07.07.2017
5524

Mo‘g‘ulistonda ikkinchi tur prezidentlik saylovlari boshlandi

Mo‘g‘ulistonda ikkinchi tur prezidentlik saylovlarida ovoz berish boshlandi, deb xabar qilmoqda Montsame agentligi.

Dastlab, hal qiluvchi turni 9 iyulda o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Biroq, sport bayrami munosabati bilan ovoz berish kuni 2 kunga oldinga surilgan. 

Eslatib o‘tamiz, birinchi tur saylovlarda davlat rahbarligi uchun 3 nafar nomzodning hech biri 50 foizdan ko‘p ovoz to‘play olmagan edi. 

Demokratik partiya nomzodi Xaltmaagiyn Battulga birinchi turda 38 foiz ovoz to‘plab, mamlakat parlamentining amaldagi spikeri, Mo‘g‘ul xalq partiyasi yetakchisi Miyeegombyna Enxboldani ortda qoldirgan edi. 

Bugun 7 iyul kungi saylovda ushbu ikki nomzoddan birini tanlashga to‘g‘ri keladi. 

Mo‘g‘ulistondagi prezidentlik saylovlari 7-marotaba tashkil etilmoqda. Hozirgi davlat rahbari, Demokratik partiya vakili Tsaxiagiyn Elbegdorj ikki muddat prezident bo‘lgani sababli qayta saylana olmaydi. 

Mavzuga oid
Top