11:23 / 08.07.2017
6491

«MYu» sobiq futbolchisi Lukakuning «MYu» libosidagi suratini tarmoqqa joylashtirdi

«Manchester Yunayted» va «Everton» klubi sobiq himoyachisi Fil Nevill o‘zining «instagram»dagi sahifasida «Everton» hujumchisi Romelu Lukakuning «qizil iblislar» libosida tushgan suratini joylashtirdi va uning tagiga «Buyuk bir klubdan boshqa bir buyuk klubga o‘tmoqda», degan sharh yozib qoldirdi.

Suratga yaxshilab e'tibor qaratsangiz, uning fotoshop qilinganini payqash qiyin emas. Lukakuning bosh qismi «MYu»dagi yangi libos taqdimotida ishtirok etgan futbolchilardan birining boshiga almashtirib qo‘yilgan. 

Hozircha, Lukakuning transferi bo‘yicha rasmiy ma'lumotlar yo‘q. «Manchester Yunayted» tashqari «Chelsi» ham futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda. Qiziq tomoni, 2014 yilda «Chelsi» Lukakuni «Everton»ga o‘sha paytda klub bosh murabbiyi bo‘lgan Joze Mourino talabi bilan sotib yuborgandi. Endi esa «MYu»ni boshqarayotgan portugaliyalik futbolchi qanday qilib bo‘lmasin, Lukakuni qo‘lga kiritish harakatiga tushib qolgan.

Top