Kareramiz haqida bosh qotirish, moliyaviy reja tuzish, salomatlik borasida qayg‘urish, yangi ko‘nikma hosil qilish - bularning bari odatda uzoq muddatli rejalarimizga bog‘liq muhim ishlar hisoblanadi. Biroq nima uchundir biz ularni doim orqaga suraveramiz. "Layfxaker" shu mavzudagi maqolasi bilan bo‘lishdi.
1. Biz eng samarali vaqtimizdan noto‘g‘ri foydalanamiz

Aksariyatimiz uchun samaradorlik cho‘qqisi ertalabki vaqtga to‘g‘ir keladi, ammo, afsuski, biz undan kamdan-kam hollardagina to‘g‘ri foydalanamiz. Buning o‘rniga biz pochtani tekshiramiz, kundalik ishlar ro‘yxatini tuzamiz yoki majlisga shoshamiz. Vaholanki, ertalabki vaqtni ko‘proq energetik kuch-quvvat talab qiluvchi ishlarga (masalan, rejalashtirish yoki hisob-kitob) sarflagan ma'qul.
2. Bizga rivojlanish hissini beruvchi ishlarni afzal ko‘ramiz
15 ta u qadar muhim bo‘lmagan xatga javob yozganimizda, natija ayon - 15 ta yo‘llangan javob. Bizga o‘tgan vaqt samaralidek tuyuladi. Biroq agar biz bir soat davomida nima haqidadir bosh qotirsak-da, bundan natija bo‘lmasa, o‘zimizni hech narsa qilmagandek his qilamiz.
Bajarilishi oson bo‘lgan mayda ishlar bizga zavq bag‘ishlaydi. Shunday ekan, nima uchun katta maqsadlar ustida ishlashni soddalashtirmaymiz?
Uzoq muddatli maqsadlaringizni mayda qadamlarga taqsimlang, so‘ngra qilingan har bir ishni belgilab boring, shunda rivojlanayotganingizni sezasiz va zavq olasiz.
3. Ilhom kelishini kutamiz

Biror muhim ishni bajarmoqchi bo‘lsangiz, shunchaki reja tuzing va ishga kirishing. Hatto ijodiy sohada ishlasangiz ham, ilhom kelishini kutib o‘tirmang. Vaqt ajrating va ishga kirishing.
















