Ilon Mask birinchi Tesla Model 3 suratlarini namoyish qildi

Foto: @elonmusk/Twitter.com
Avval xabar berilganidek, yakunlanayotgan haftada Tesla kompaniyasining eng arzon elektromobili — Model 3 sedanini ishlab chiqish boshlandi. Ishlab chiqaruvchi kompaniya rahbari Ilon Mask Twitter sahifasida seriyali elektrokarning ilk suratlarini namoyish qildi.
Shu bilan Ilon Mask birinchi Tesla Model 3 zavoddan qachon chiqishiga aniqlik kiritdi. Elektrokar suratlariga kelsak, aslida, Tesla Model 3 fotosuratlari kam miqdorda bo‘lsin, bir necha oy avval paydo bo‘lgandi. Mask tomonidan e'lon qilingan suratlardan ko‘rish mumkinki, birinchi «haqiqiy» Model 3 tashqi ko‘rinishidan avvalgi suratlardan farqlanmaydi.
Bundan tashqari, Ilon Mask kamtarlik qilib o‘tirmay, konveyerdan chiquvchi birinchi avtomashinani o‘zi olishga qaror qildi.
Shu oyi oxiriga kelib ilk 30ta elektrokar o‘z egalarini topadi. «Arzon» Tesla uchun navbat kutayotganlar soni esa 400 ming kishini tashkil etadi. 2016 yil bahorida Model 3 uchun buyurtmalar qabul qilinishi boshlangan birinchi kundayoq elektrokarni xarid qilish istagini bildirganlar soni 134 ming kishini tashkil etgan edi.
Shu yil oxiriga borib, Model 3 yig‘iladigan zavodda oyiga 20 ming dona avtomobil yig‘ishga erishiladi.
Elektrokar 35 ming dollar baholangan bo‘lib, Model S elektromobilidan 2,5 marta arzon turadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya kansleri Ukrainaga yetkaziladigan qurol-yarog‘larga oid ma’lumotlarni maxfiylashtirdi
Jahon | 18:41
-
Zelenskiy Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifiga javob qaytardi
Jahon | 18:26
-
Ritorikasi o‘zgargan Tramp, Putindan ruxsat ololmagan Qodirov – hafta dayjesti
Jahon | 18:19
-
Sulh o‘rniga – Istanbulda yangi muzokaralar. Putin G‘arbning 30 kunlik otashkesim bo‘yicha taklifiga qanday javob qaytardi?
Jahon | 16:31
Mavzuga oid

20:55 / 09.05.2025
Britaniyada urush faxriysi tankda Tesla avtomobilini pachaqladi

22:17 / 08.05.2025
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi

18:27 / 01.05.2025
WSJ: Tesla Ilon Maskning o‘rniga yangi bosh direktor izlamoqda

17:04 / 01.05.2025