11:00 / 09.07.2017
33371

Video: Tramp furajkasini shamol uchirgan askarga mehribonlik ko‘rsatdi

AQSh prezidenti Donald Tramp shamol tufayli bosh kiyim uchib ketgan harbiy xizmatchiga yordam ko‘rsatishga behuda urindi.

Internetda tarqalgan videoda ko‘rish mumkinki, Tramp AQSh dengiz piyodalari korpusi vertolyoti bortiga yaqinlashib kelganida, askarlardan birining bosh kiyimini shamol uchirib tushirganini ko‘radi. Askar bu vaqtda reglamentga ko‘ra joyida qotib turadi.

Prezident yerga tushgan furajkani oladi va uni askarning boshiga qo‘ndiradi, ammo shamol furajkani yana uchirib tushiradi va  Tramp yana bosh kiyim ortidan quvadi.

Yakunda Amerika prezidenti o‘z harakatini to‘xtatib, harbiyning yelkasiga qoqadi va bortga ko‘tariladi.

Bu tasvir Amerika nashrlarida tarqaldi, ko‘pchilik prezidentning harakatini olqishladi, hatto Tramp bilan ziddiyatda bo‘lgan CNN tomonidan ham iliq fikrlar bildirildi.

Mavzuga oid
Top