21:47 / 10.07.2017
19342

Harbiy ziddiyatlar Suriya iqtisodiyotiga yetkazgan zarar miqdori ma'lum qilindi

Foto: © RIA Novosti

2011 yildan buyon davom etib kelgan harbiy mojarolar Suriya iqtisodiyotida kutilgan YaIM o‘sishi va amalda kuzatilgan o‘sish o‘rtasidagi farq 226 milliard dollar bo‘lishiga olib keldi. Bu haqda Jahon banki hisobotida keltirilgan.

Bank tahlilchilari infratuzilmalarning vayron bo‘lishidan ko‘ra, ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning barbod bo‘lishi halokatliroq kechganini qayd etishgan.

Avvalgi tadqiqotlarga ko‘ra, urushgacha bo‘lgan davrda Suriya YaIMi 60 milliard dollar ekani aytilgandi, hozirda bu miqdor 24 milliard dollardan ortiq emas.

Mavzu
Suriyadagi urush
Suriyada 2011 yilda boshlangan fuqarolar urushi mamlakatni bir necha qismlarga bo‘lib tashlagan. Suriya hukumati, IShID, kurdlar va boshqa turli jangari guruhlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda.
Barchasi
Top