13:35 / 10.07.2017
17052

Chirchiqda 18 yoshli qiz o‘g‘irlik sodir etganligi uchun ushlandi

Xalqimiz azaldan halollikni ulug‘lab, o‘g‘rilik, qo‘li egrilikni qoralagan. Egasidan so‘roqsiz hech bir narsaga hatto qo‘l tekkizishga botinmagan. Lekin oramizda shunday insonlar borki, ular o‘zganing haqiga xiyonat qilishdan tap tortmaydi.

Toshkent viloyati IIBning xabar berishicha, Chirchiq shahrida yashovchi, uy bekasi, 1980 yilda tug‘ilgan Aliya Sarsenova (ismlari o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 17 iyun kuni soat 18.30 dan 19.30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, kalit tanlash yo‘li bilan kirib, uyidan umumiy narxi taxminan 1.600.000 so‘m bo‘lgan 1 ta Acer rusumli noutbuk va ayollar parfyumeriyasi hamda 1.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida ushbu jinoyatni Chirchiq shahrida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1999 yilda tug‘ilgan Jamola Asliyeva sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top