08:44 / 10.07.2017
6753

Xitoyda yomg‘irlar tufayli 80 dan ortiq kishi halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi

Foto: © REUTERS/Stringer

Xitoy janubi-sharqidagi Xunan viloyatida kuchli yomg‘irlar tufayli kamida 83 kishi halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi. Bu haqda RIA «Novosti» mahalliy OAVga asosan xabar bergan.

Ta'kidlanishicha, 28 kishi ko‘chkilar tagida qolgan, 13 insonni kuchli suv toshqinlari oqimi olib ketgan, 22 kishi binolar qulashi tufayli hayotdan ko‘z yumgan, to‘rt nafari cho‘kib ketgan, yana 16 nafari turli sabablarga ko‘ra halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.

Qutqaruv amaliyotlariga harbiylar, politsiya va qutqarish xizmatlarining 52 mingdan ortiq xodimi jalb etilgan.

Mavzuga oid
Top