16:10 / 10.07.2017
10354

65 yoshli pensioner Qirg‘iziston prezidenti bo‘lishni istamoqda

Qirg‘izistonlik fuqarolik jamiyati faoli Anvar Sartayev Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasiga prezidentlikka nomzodlik sifatida ro‘yxatga olishini so‘rab ariza topshirdi. 

Anvar Sartayev - Qirg‘iziston respublikasi qurolli kuchlari faxriysi, iste'fodagi polkovnik. U mamlakatda faxriylarning manfaatlari himoyachisi sifatida tanilgan. 

Endilikda Qirg‘iziston prezidentligi uchun nomzodlar soni 19 nafarga yetdi. Shundan 16kishi mustaqil nomzodlar bo‘lib, qolgan 3 nomzod partiyalar qurultoylarida ilgari surilgan. 

Prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish avgust oyida boshlanadi. Da'vogarlar bungacha 30 ming saylovchining imzosini to‘plashi talab etiladi. Bundan tashqari, qirg‘iz tilini bilishi bo‘yicha imtihon topshiradi hamda 1 mln som (15 ming AQSh dollariga yaqin) miqdorida garov puli kiritadi. Mamlakatning hozirgi prezidenti Almazbek Atamboyev ikkinchi muddatga saylana olmaydi. Chunki, saylov qonunchiligiga muvofiq, fuqaro bir marta 6 yillik prezidentlikdan so‘ng, ikkinchi muddatga saylana olmaydi. 

Top