Jamiyat | 16:40 / 10.07.2017
58752
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlik cho‘pon va bir yarim ming bosh qo‘y yashin qurboni bo‘ldi (Foto)

Foto: Sputnik

Qozog‘istonning Qustanay viloyatiga yashin tushishi oqibatida cho‘pon va bir yarim ming qo‘yni o‘ldirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik-Qozog‘iston muxbiri. 

Fojia Jangeldi tumanida 7 iyul kuni sodir bo‘lgan. Biroq, baxtsiz hodisa haqida bugun rasman ma'lum qilingan. 

Qustanay viloyati ichki ishlar departamenti matbuot-kotibi Irina Bejyenar so‘zlariga ko‘ra, yashin urishi natijasida dashtda kuchli yong‘in kelib chiqqan. 

Ta'kidlanishicha, bu Qozog‘iston dashtlarida sodir bo‘layotgan birinchi shunday hodisa emas. 3 iyul kuni  Oqmola viloyatida yashin otda ketayotgan kishiga urilgan, yaxshiyamki u tirik qolgan. 

16 iyunda Jambil viloyatida 3 kishi, shu jumladan 12 yashar cho‘pon bola ham yashin qurboni bo‘ldi. Bu voqeadan bir oy avval, ushbu mintaqada 42 yoshli cho‘pon ham yashin tufayli halok bo‘lgan edi. 

Foto: inform.kz

Qutqaruvchilar momaqaldiroq va chaqmoq chaqish bilan davom etadigan jala, sel vaqtida elektr simlari, yashintutgich, antenna va tarnovlarga yaqinlashmaslikni tavsiya qiladi. Bundan tashqari, derazalar yaqinida turmaslik, televizor, radio va boshqa elektr uskunalarni o‘chirib qo‘yishni maslahat beradi. Baland daraxtlar ostida, ayniqsa, u yakka holda turgan bo‘lsa panalanish hamda suv havzalari yaqinida turish mumkin emas. Balki, sohildan uzoqlashib, tekislikning quyiroq qismiga joylashish kerak. 

Dashtda esa, yashin ehtimoli paydo bo‘lsa, yerga uzala tushib yotib olish yaramaydi. Bu holda, tabiiy boshpana yoki chuqurcha topib, tizzalarni quchoqlab olgan holda o‘tirish kerak. 

Foto: inform.kz

Mavzuga oid