17:40 / 11.07.2017
18252

Chilonzorda qo‘shmachilik holati aniqlandi

2017 yilning 6 iyul kuni taxminan soat 18:00 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sadoqat Eraliyeva Chilonzor tumani hududida qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib, 20.000 so‘m pul evaziga fuqaro «X» va «N» larni jinsiy aloqa qilishlari uchun tanishtirib qo‘yganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 1-qismi (g‘arazli niyatlarda qo‘shmachilik qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top