15:30 / 11.07.2017
19626

Poroshenko «Kreml mag‘lubiyati» haqida gapirdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakatning YeI bilan ittifoq to‘g‘risidagi bitim ma'qullanishini «Kremlning mag‘lubiyati» deb atadi. U bu haqda feysbukdagi sahifasida yozgan.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa ittifoqi kengashi YeI va Ukraina ittifoqini yakuniy tarzda tasdiqladi.

«Ittifoq yevromaydonning eng muhim talabi va umidlaridan biri edi. Biz qo‘shma sa'y-harakatlar orqali unga erishganimizdan xursandmiz», - deya yozdi Ukraina prezidenti. Uning qo‘shimcha qilishicha, Kreml «navbatdagi marotaba mag‘lubiyatga uchradi».

Poroshenko so‘zlariga ko‘ra, «Ukraina Yevropa xalqlari oilasida albatta bo‘ladi – ham YeIda, ham NATOda».

Top