O‘zbekiston | 09:59 / 11.07.2017
34106
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident: Yoshlar bilan shug‘ullanmagan rahbarni qo‘ymayman

Foto: kun.uz

Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 7-8 iyul kunlari Namangan viloyatida bo‘ldi. 

Prezident viloyat faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilish davomida yoshlar masalasi va rahbar kadrlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

“Xalq ishonchini qozonish oson emas. Amalda egallash oson, unga munosib bo‘lib yurish oson emas. Hammaga sadoqatliligiga qarab, vafodorligiga qarab, fidoyiligiga qarab vaqtida baho beramiz. Odamlar bugun xohlayapti mendan: Ey, sen kattakon bo‘lsang, senga biz ishondik. Salgina bo‘lsa ham bizga bugun qilib ber, deyapti. Imkon yarat, deyapti. Shu nuqtai nazardan, shaxsan men yo‘nalish berishim mumkin, qaror qabul qilishim mumkin, lekin joylardagi rahbarlar shu qarorni, shu yo‘nalishni agarda sadoqat bilan, o‘zini qiynab ikki yil, odamlar sezsinki, ijro organining hamma rahbari o‘zgarayapti. 

Ishonamanki, bir ikki yildan keyin bizga juda katta kuch bo‘lib yoshlar kirib keladi. Mening o‘zim rahbarlik qilaman yoshlarga. Qanday og‘ir bo‘lmasa ham, bir haftada ikki marotaba bularning dardi bilan shug‘ullanaman. Tuman, viloyatning ichki ishlari bo‘ladimi, prokurori bo‘ladimi, soliqchisi, bojxonachisi bo‘ladimi, rektori bo‘ladimi – yoshlar bilan haftada uch-to‘rt marotaba shug‘ullanmagan rahbarni qo‘ymayman. Vazirdan boshlab to pastgacha”, - degan Mirziyoyev.  

 

Mavzuga oid