22:20 / 11.07.2017
15002

Rossiyalik qo‘shiqchi Klintonni obro‘sizlantiruvchi hujjatlarga egaligini ma'lum qilgan

AQSh prezidenti Donald Trampning o‘g‘li Kichik Donald Tramp tvitterdagi sahifasida musiqa agenti Rob Goldstoun bilan Hillari Klinton haqida so‘z yuritilgan yozishmani chop etdi. Bu yozishmada Klintonga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ma'lumot muhokama qilingan.

Birinchi xat 3 iyun sanasi bilan bitilgan. Unda Goldstoun rossiyalik qo‘shiqchi va tadbirkor Emin Agalarov unda Klinton haqida hujjatlar borligi haqida Kichik Trampga yetkazishni so‘raganini ma'lum qilgan. 

"Agar bu siz aytayotgan narsa bo‘lsa – menga yoqmoqda", deb javob bergan Trampning o‘g‘li.

Trampning o‘g‘li xatlarni chop etishini to‘liq "ochiq-oydin" bo‘lishni istayotgani bilan tushuntirgan. 

Mavzuga oid
Top