12:30 / 11.07.2017
4681

Trampning Buyuk Britaniyaga tashrifi kelasi yilga qoldirildi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning Buyuk Britaniyaga rasmiy tashrifi 2018 yilga qadar qoldirildi. Bu haqda Sky News Britaniya hukumatidagi manbalarga asosan xabar bergan.

Ta'kidlanishicha, Tramp Birlashgan Qirolikka bu muddatdan avval norasmiy tashrif bilan borishi mumkin, sababi Amerika yetakchisi Shotlandiyada golf uchun ikki maydonga egalik qiladi.

Telekanalning qayd etishicha, AQSh prezidenti tashrifining muddati Britaniya bosh vaziri Tereza Mey o‘z lavozimida yana qancha vaqt qolishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Tramp Londonga Britaniya jamiyatida uni qo‘llab-quvvatlayotganlar soni kam ekani tufayli tashrif buyurmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mavzuga oid
Top