21:44 / 12.07.2017
9516

Andijondagi tez tibbiy yordam bo‘limlariga DAMAS avtomashinalari berildi

Oltinko‘l tumanida viloyat hokimi Shuhratbek Abdrahmonov tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda birlamchi tibbiyot muassasalari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha masalalar ko‘rilib, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
  
Tadbir davomida viloyatning shahar va tumanlarida faoliyat yuritayotgan tez tibbiy yordam bo‘limlariga 46 ta  ixtisoslashtirilgan avtotransport vositasi berildi. Andijonda yil boshidan beri tez tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasa va oilaviy poliklinikalarga jami 136 ta jihozlangan Damas avtomashinasi taqdim etilgan.

Joylarda ish olib boruvchi mazkur tibbiyot muassasalarga avtomashinalarni berilishi aholiga ko‘rsatiladigan tez tibbiy yordam  sifatini oshirilishiga xizmat qiladi. 

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Top