18:10 / 12.07.2017
23582

Xorazm Yoshlar ittifoqiga rais saylandi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashining navbatdan tashqari kengaytirilgan yig‘ilishida Mansurbek Masharipov viloyat Kengashi raisi etib saylandi.

Mansurbek Masharipov 1983 yil Xorazm viloyati, Xiva shahrida tavallud topgan. 2003-2005 yillar davomida Urganch davlat universiteti “Agromenejment” fakulteti yetakchisi sifatida faoliyat yuritgan.

M.Masharipov 2009 yil Urganch davlat universitetining “Barqaror taraqqiyot va ekologik ta'lim” kafedrasi o‘qituvchisi sifatida ishlagan hamda Xorazm “Ma'mun” akademiyasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan.

M.Masharipov 2013 yil “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Xorazm viloyati Kengashi raisi hamda 2015 yildan shu vaqtga qadar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi Ma'naviy-ma'rifiy loyihalar bo‘limi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlari raislari viloyat hokimlarining maslahatchisi hamda maqomi bo‘yicha hokimning birinchi o‘rinbosariga tenglashtirildi.

Top