18:04 / 12.07.2017
8187

Toshkentda fuqaroni deyarli 15 ming dollarga chuv tushirib ketgan firibgar ushlandi

Toshkent shahar Uchtepa tumani Taqachi ko‘chasi 60-uyning oldida Shayxontohur tumani Ibn Sino 1-dahasida yashovchi, ishlamaydigan, 1992 yilda tug‘ilgan R.A tanishi, Bog‘iston 8-tor ko‘chasida yashovchi, ishlamaydigan, 1993 yilda tug‘ilgan B.Q ga Rossiya Federatsiyasidan taxta mahsulotlarini olib kelishni va'da qilgan. U aldash yo‘li bilan fuqaroning ishonchiga kirib, 14.875 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Jabrdiyda fuqaro pullarini qaytarib ololmayotganligini ma'lum qilib tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Firibgarni ushlash yuzasidan tuzilgan tezkor tergov guruhi xodimlari tomonidan R.A tezda qo‘lga olindi.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda. 

Top